Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1976-yilda tug‘ilgan A.M. boshqaruvidagi “Gaz 53” rusumli yuk avtomashinasi “Bog‘ishamol” hududidan “Aeroport” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelib, tormoz tizimidagi texnik nosozlik sababli oraliq masofani saqlay olmagan.

Natijada tartibga solingan chorrahadagi svetoforning taqiqlovchi — “qizil” chirog‘ida to‘xtab turgan “Damas”, “Nexia-2”, “Matiz”, “Spark” hamda “Labo” rusumli avtomashinalari bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida fuqarolar tan jarohati olmagan. Avtomashinalarga texnik shikast yetgan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan belgilangan tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati