Uchrashuvda tomonlar so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Shveytsiya o‘rtasidagi munosabatlar sezilarli darajada faollashganini ta’kidladi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish masalalariga asosiy e’tibor qaratildi.
Baxtiyor Saidov Martin Rozenga O‘zbekistondagi yangi mas’uliyatli diplomatik missiyasida muvaffaqiyatlar tiladi.
Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha birgalikda ishlashga tayyor ekanini tasdiqladi.