Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bugun soat 06:30 atrofida yuzaga kelgan sel oqimi maxsus handaqni buzib ketgan. Oqibatda neft aralash suyuqlik atrof-muhitga tarqalgan.
Hozirda holat Ekopolitsiya xodimlari hamda boshqa tegishli tashkilotlardan iborat ishchi guruh tomonidan joyida oʻrganilmoqda.
Mutaxassislar tomonidan holatga huquqiy va ekologik baho berish ishlari olib borilmoqda. Qoʻshimcha maʼlumotlar oʻrganishlar yakuniga koʻra taqdim etiladi.