Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlaridagi FIFA series musobaqasi doirasida Gabon terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuv Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida soat 19:00 da boshlanadi.

Fabio Kannavaro boshchiligidagi MTJ FIFA series musobaqasidagi ikkinchi o‘yinni 30 mart kuni Trinidad va Tobago terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yin ham "Bunyodkor" stadionida o‘tkazilishi belgilangan.