Tadbir doirasida ishtirokchilar "Kelajakka qadam" dasturi asosida imtiyozli kredit olish imkoniyatlari bilan tanishdi. Shuningdek, biznesni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha amaliy treninglarda ishtirok etdi, istiqbolli startap loyihalari taqdimotlarini kuzatdi hamda "Rahbar va yoshlar" ochiq muloqoti orqali o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutaxassislar bilan fikr almashdi.
Ko‘rgazmada 130 ga yaqin korxona va ish beruvchi qatnashib, 1 500 ta bo‘sh ish o‘rnini taqdim etdi. Tadbirda 10 ming nafardan ortiq talaba ishtirok etib, ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish, amaliyot o‘tash va kelajakdagi faoliyati uchun munosib ish o‘rnini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.
"Talaba Expo–2026" yoshlarning kasbiy rivojlanishi, ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda bandlikni ta’minlash yo‘lidagi muhim amaliy platforma sifatida xizmat qildi.
Hamkorlik materiali