Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Yakshanba kuni 26 ta yangi tasdiqlangan holat va 11 ta o‘lim qayd etildi, bu esa o‘lim darajasini 23,8 foizga yetkazdi. Kasallik avj olgani haqidagi favqulodda hisobotga ko‘ra, hozirda 363 bemor izolyatsiyada. Kasallik boshlanganidan beri 48 kishi sog‘aygan, deb xabar berdi Kazinform.

Ituri, Shimoliy Kivu va Janubiy Kivu provinsiyalarida virusga qarshi choralar davom etmoqda. 15 mayda Ebola-Bundibugio virusining rasman tarqalgani e’lon qilindi.