Noticias Caracol telekanalining ma’lumotlariga ko‘ra, transport vositalaridan biri olomon ustiga haydaldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Monster Truckning ayol haydovchisi namoyish ko‘rsatayotganda avtomobil boshqaruvini yo‘qotgan, oqibatda u olomon tomon burilib, to‘siqlarni buzib tashlagan. Monster Truck, shuningdek, chiroq ustuniga urilib, qisqa tutashuvga sabab bo‘lgan.
Kauka gubernatori Oktavio Guzman qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi va jamoatchilikni mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xavfsizlik xizmatlari bilan birgalikda vaziyatni o‘nglash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishiga ishontirdi, deb xabar berdi tass.ru.