Bu haqda Oʻzbekiston Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻladigan xavfli chiqindilar noqonuniy tarzda ochiq maydonlarda saqlangan. Bu esa yer va yerosti suvlariga salbiy taʼsir koʻrsatgan.

Shuningdek, Angren shahrida joylashgan kon boshqarmasida oqova suvlarni tozalash tizimi talab darajasida ishlamagani maʼlum boʻldi. Eskirgan uskunalar sababli tozalash samaradorligi past boʻlib, natijada chiqindilar toʻliq tozalanmasdan Angren daryosiga oqizilgan.

Mazkur qonunbuzarliklar yuzasidan korxonaga nisbatan 48 milliard soʻm miqdorida qoʻshimcha kompensatsiya belgilandi. Shu bilan birga, 20 ta majburiy bajarilishi lozim boʻlgan koʻrsatmalar berildi.