Uchrashuv avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklari yetkazildi.

Siyosiy muloqotni yanada faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi.

Baxtiyor Saidov Prezidentga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari O‘zbekiston–Hindiston strategik sherikligini yanada mustahkamlash yo‘lida hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanini tasdiqladi.