Quyidagi hududlarda sel xavfi kuzatilishi ehtimoldan holi emas:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor;
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrobot;
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon;
  • Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari, shuningdek Angren va Olmaliq shaharlari;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon;
  • Fargʻona viloyati: Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalolquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahri.

Mutaxassislar togʻoldi va togʻli hududlarda yashovchi aholi, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini koʻrishga chaqirmoqda.

Shuningdek, respublika boʻyicha ayrim joylarda yomgʻir suvlari toʻplanib, hududlarni suv bosishi ehtimoli ham mavjud.