Bu haqda u o‘zining telegramdagi sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida tomonlar O‘zbekiston–Avstriya munosabatlarini rivojlantirish, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashdi.
O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan o‘zaro aloqalari va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning yangi imkoniyatlari alohida muhokama qilindi.
O‘zaro ishonch va hurmat ruhidagi sheriklikni yanada kengaytirishdan har ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.