“Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, filial mutaxassislari hamda huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda Samarqand shahrida oʻtkazilgan reyd vaqtida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi.

Shaharning Xoja Ahror Valiy koʻchasida joylashgan, fuqaro A.M. ga qarashli umumiy ovqatlanish maskanida xatlov oʻtkazilganda, tabiiy gaz tarmogʻidan toʻgʻridan toʻgʻri ulangan holda “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelinayotgani maʼlum boʻldi.

Holat boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirildi va dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 1 milliard 858 million soʻmlik zarar qayd etildi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.