Apellyatsiya arizasi my.uzbmb.uz saytidagi abituriyentning shaxsiy kabineti orqali beriladi. Arizalar 10 kun davomida qabul qilinadi.

Apellyatsiya berish uchun abituriyent test sinovida ishtirok etgan va undan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellyatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga yoki xabarnomada ko‘rsatilgan joyga kelishi kerak.

Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2026-yil 19-avgustdan boshlanadi.