Shu maqsadda aviachipta xarid qilib, Istanbul aeroportiga kelgan yurtdoshimizning sog‘lig‘i keskin yomonlashib, hushini yo‘qotgan.
Fuqaro shoshilinch ravishda Istanbul shahrining Bashakshehir tumanida joylashgan Çam ve Sakura shahar shifoxonasiga yetkazilib, zarur tibbiy muolajalarni olgan.
Davolanish jarayonida yuzaga kelgan tibbiy xarajatlarning bir qismi Turkiyada faoliyat yuritayotgan faol va saxovatpesha vatandoshlarimiz ko‘magida qoplangan.
O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Migratsiya agentligi tomonidan yurtdoshimizning holati nazoratga olinib, uning Vatanga qaytishini tashkil etish bo‘yicha zarur amaliy choralar ko‘rildi.
Natijada, 19 yoshli A.S. tegishli tashkilotlar hamkorligida O‘zbekistonga qaytarildi.
Bosh konsulxona ushbu xayrli ishda yaqindan yordam bergan, og‘ir vaziyatda qolgan yurtdoshimizga befarq bo‘lmagan barcha saxovatpesha vatandoshlarimizga samimiy minnatdorlik bildiradi.