Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda maʼlum boʻlgan.

Tekshiruvda korxona masʼullari qabul qilib olingan va isteʼmolchilarga yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmlari oʻrtasidagi tafovutning kelib chiqish sabablarini aniqlamasdan, uni hisobotga oddiy yoʻqotish sifatida kiritgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) hamda 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.