Yangi yo‘nalish O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi havo aloqalarini kengaytirib, sayyohlik, ishbilarmonlik va oilaviy safarlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Urganch Xorazm viloyatining asosiy aviatsiya markazi bo'lib, YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Markaziy Osiyodagi eng mashhur tarixiy shaharlardan biri — Xivaga sayohat qilish uchun qulay jo‘nash nuqtasi hisoblanadi. Shuningdek, ushbu yo‘nalish yo‘lovchilarga xalqaro tarmoq bo‘ylab keyingi parvozlarni amalga oshirish uchun Olmaota orqali qulay tutash qatnovlardan foydalanish imkonini beradi.

“Air Astana” kompaniyalar guruhining 100 foizlik shuba korxonasi bo‘lgan Qozog‘istonning "FlyArystan" loukosteri o‘z faoliyatini 2019-yil may oyida boshlagan. Ayni paytda aviatashuvchi Olmaota–Samarqand va Ostona–Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha parvozlarni amalga oshirmoqda.