Xususan, BA.5 versiyasi umumiy bemorlarning 65 foizida aniqlanayotgan boʻlsa, BA.4 kichik shtammida bu koʻrsatkich 16,3 foizga teng. Shundan kelib chiqib, BA.5 Qoʻshma Shtatlarda dominant variant sifatida tan olindi.

Shifokorlarning taʼkidlashicha, BA.4 va BA.5 “omikron”ning dastlabki variantlariga qaraganda yuqumliroq. Shuningdek, ular kasallikdan soʻng hosil boʻladigan immunitetga osonlik bilan “chap berish” xususiyatiga ega.

Kolumbiya universiteti professori Jeffri Saks mavjud vaziyatga baho berar ekan, AQSHda hozir COVID-19ning oʻsish dinamikasi kuzatilayotgani, yozgi taʼtil mavsumidan soʻng bolalar maktablarga, kattalar ish joylari hamda boshqa yopiq joylarga qaytishi bilan koʻrsatkichlar keskin oshib ketishi mumkinligini taʼkidladi.

Shunga qaramay, mutaxassislar toʻliq bosqichda va buster dozada emlangan kishilarda “omikron”ning VA.4 va VA.5 subvariantlari yengil va asoratsiz oʻtadi, degan xulosada.