“Spyware" hatto rasmiy ilovalar doʻkonlari orqali tarqatilishi mumkin.

Oʻz xavfsizligingizni taʼminlash uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling:

— Antivirus dasturini oʻrnating “adware” va “spyware” qidirish funksiyalarini ishga tushiring;

— Oʻrnatilgan dasturlaringiz tarmoq faoliyatini kuzatib boring;

— Yangi dasturlar oʻrnatishda ularning komponentlarini tanlashda eʼtibor qiling;

— Oʻrnatilgan dasturlar roʻyxatini vaqti-vaqti bilan tekshirib chiqing.

Oʻzingiz bilmagan, tekshirib koʻrilmagan va begona foydalanuvchilar tomonidan yuborilgan havolalarni ochishda ehtiyot boʻling, deya ogohlantirmoqda Kiberxavfsizlik markazi.