Qonunchilikka koʻra, mamlakat boʻylab keksalarning sayohat qilishini ragʻbatlantirish maqsadida har yili 1-noyabrdan 30-noyabrgacha “Keksalar uchun turizm oyligi” oʻtkazilishi belgilangan.
Turizm oyligi doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:
hududlardagi infratuzilma obyektlari tomonidan ixtiyoriy taqdim qilinadigan chegirmalar va aksiyalar toʻgʻrisida oʻz rasmiy veb-sahifasida eʼlon qilib borilishi;
sayohat qiluvchilar uchun viloyatlararo qatnovchi avtobus, avia va temir yoʻl chiptalariga ixtiyoriy chegirmalarni eʼlon qilish hamda litsenziyasi bor tadbirkorlik subyektlarining tashish xizmatlariga ixtiyoriy chegirmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish va eʼlon qilish;
chegirmalar va aksiyalar toʻgʻrisida oʻz rasmiy veb-sahifasida eʼlon qilib borish;
respublikadagi madaniy meros obyektlariga kirish chiptalariga chegirmalar eʼlon qilish.