100 milliard dollarlik tarixiy marrani zabt etdi

    Keyingi qadam sifatida 2030-yilga borib iqtisodiyotimiz hajmini 200 milliard dollarga yetkazish reja qilingan.

    Oʻtgan yilda mamlakatimizning yalpi ichki mahsuloti ilk bor 100 milliard dollarlik tarixiy marrani zabt etdi.

    Keyingi qadam sifatida 2030-yilga borib iqtisodiyotimiz hajmini 200 milliard dollarga yetkazish reja qilingan.

    Oʻz navbatida, kelgusi 5-yilda yurtimizda elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoj hozirgidan 1,5 barobar oshib, 120 milliard kilovatt soatga yetadi.

    Oʻzbekiston Parij bitimi doirasida 2030-yilgacha zararli gazlar emissiyasini 35 foizga kamaytirish boʻyicha majburiyat olgan. Prezident bu majburiyatni 2050-yilgacha yanada kengaytirishga tayyorligini bildirdi.

    Qolaversa, 2025-yil Oʻzbekistonda “Atrof muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilindi.

    Davlatimiz rahbari energetika sohasidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha rejalarga qisqacha toʻxtalib oʻtdi.

    2030-yilga qadar yana 19 ming megavatt “yashil quvvat”larni barpo etib, qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Xususan, 2025-yilda 3,4 ming megavattli 18 ta quyosh va shamol stansiyalari hamda 1,8 ming megavattli saqlash tizimlari ishga tushiriladi.

    Buning natijasida kelgusi yili “yashil energiya” ishlab chiqarish hajmlari 12 milliard kilovatt soatga yetadi.

    Bu 5 million xonadonning bir yillik isteʼmoliga teng va 6,5 million tonna zararli gazlarni atmosferaga chiqarishning oldi olinadi, deganidir.

    Kelgusi 2-yilda xususiy tadbirkorlar bilan birga 2 mingdan ortiq kichik va mikro-GESlar tashkil qilish boʻyicha katta dastur amalga oshiriladi.