“Bu tebranishlar bizga taʼsir qilmaydi, deb oʻylaganlar adashadi. Axir, bu mablagʻlarni bir qismi bizga investitsiya, kredit, yevrobond orqali kirib kelishi mumkin edi-ku!”, — dedi Prezident.

Bu sharoitda barcha hokimlar, iqtisodiy kompleks hududlar iqtisodiyotini kunlik tahlil qilishi, ishlab chiqarish hajmlari, ish oʻrinlari va eksportni saqlab qolish masalalari bilan tizimli shugʻullanishi kerakligi qayd etildi.

Iqtisodiy kompleks masʼullariga har hafta tarmoqma-tarmoq muammolarni tahlil qilish va yangi takliflar kiritish, tuman va viloyat hokimlariga oʻz hududida tadbirkorlar masalalariga yechim topib borish topshirildi.