Dastlabki maʼlumotga koʻra, ayol 7 oylik farzandini Samarqand viloyatning Pastdargʻom tumanidagi mahalla koʻchasida tashlab ketib, oʻzi yashiringanligi aniqlandi.
Holat yuzasidan hozirda tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bola tumandagi goʻdaklar uchun bolalar uyiga joylashtirilib, unga hozirda zarur boʻlgan parvarish koʻrsatilmoqda.
Sirdaryo viloyatida yashovchi ayolning shaxsi aniqlanib, uning oʻz farzandiga nisbatan sodir etgan gʻayriqonuniy harakatlariga huquqiy baho berish jarayoni bormoqda.
Bu haqda qoʻshimcha tarzda maʼlumot beriladi.