“Bu kun” dasturida xabar qilinishicha, bundan bir oy avval Andijon tumanidagi umumtaʼlim maktabida 10-sinfdagi dars vaqtida oʻquvchi va oʻqituvchi ishtirokida janjal sodir boʻlgan.
Maktab masʼulining aytishicha, oʻqituvchi oʻquvchining ogʻzida saqich borligini sezgan va undan saqichni chiqarishini soʻraganda oʻquvchi ogʻzida saqichi yoʻqligini aytib, kerak boʻlsa kelib oʻzi olishini aytgan. Shundan soʻng oʻqituvchi uning oldiga kelib saqichni olmoqchi boʻlganda oʻquvchi oʻqituvchisi unga uni urayotgandek koʻringani uchun musht tushirgan. Ushbu voqeadan soʻng oʻqituvchi va oʻquvchini yarashtirish ishlari olib borilgan va ish sudgacha olib chiqilgan.Tortishuv ishtirokchilari jarimaga tortilgan.
Menga saqiching bormi, dedi. Yoʻq, desam topib olsam u qilaman, bu qilaman deb haqorat qilishni boshladi. Boʻpti topib olavering, desam kelib menga tashlanyapti. Men oʻzimni himoya qildim. Menga ikki marta shapaloq urdi. Oʻrnimdan tursam, yana 2-marta shapaloq uryapti. Oshnalarimning oldida, hammaning oldida urib tashlayapti, — deydi oʻquvchi bola.
Oʻqituvchiga nisbatan hayfsan berilgan.