Shu bilan birga, mamlakatimizda yiliga 100 tonnadan ziyod oltin qazib olinayotgani bilan imkoniyatlarning oʻndan biri ham ishga solinmayotgani qayd etildi.

Sohada “xufiyona” iqtisodiyot ulushi yuqori ekani koʻrsatib oʻtildi. Yiliga 550-600 million dollarlik buyumlar norasmiy tilla bozorlarida aylanmoqda. Yoki, mustaqil izlovchilar 2020-yilda 40 kilogramm oltin topshirgan boʻlsa, oʻtgan yili bu 100 karra kamaygan.

Yigʻilishda sohani “soya”dan chiqarish uchun yakka tadbirkorlarga ham tilla buyumlari bilan savdo qilishga ruxsat berish, zargarlikda milliy brend yaratish uchun xorijdan dizayner, texnolog, qimmatbaho toshlar bilan ishlaydigan gemmologlarni olib kelish xarajatining bir qismini qoplash boʻyicha takliflar bildirildi.

Davlatimiz rahbari ushbu takliflarni maʼqulladi.