Knesset (Isroil parlamenti) Isroil hukumatini Isroil suverenitetini Iordan daryosining g'arbiy sohiliga qadar kengaytirishga chaqiruvchi deklaratsiya qabul qildi. Bu haqda Ynet portali xabar berdi.
Unga ko'ra, Knessetning 120 deputatidan 71 nafari ushbu rezolyutsiyani yoqlab, 13 nafari qarshi ovoz bergan, deb xabar beradi tass.ru.
Hujjat yuridik yoki qonunchilik kuchiga ega emas va deklarativ xususiyatga ega, deya qayd etadi Ynet.