Unda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida faoliyat yuritgan bandlik bo‘limi rahbari yig‘ilish vaqtida o‘z tizzasida o‘tirgan ayol xodimani quchoqlab olgani aks etgan.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi holat yuzasidan izoh berdi.

Qayd etilishicha, davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalariga zid harakati yuzasidan xabarlarda tilga olingan xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Shuningdek, vazirlik o‘z tizimida xizmat intizomi va odob-axloq qoidalari buzilishiga nisbatan mutlaqo murosasizlik prinsipiga amal qilishini ma’lum qildi.