Oʻzbekistonning Fijidagi elchisi etib tayinlangan Muhsinxoʻja Abdurahmonov ushbu mamlakat prezidenti Ratu Naykama Tavakekolati Lalabalavuga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo« AA.
Tantanali marosim avvalida faxriy qorovul saf tortib, Oʻzbekiston davlat madhiyasi yangradi hamda Oʻzbekiston bayrogʻi koʻtarildi.
Rasmiy tadbirlardan soʻng boʻlib oʻtgan suhbat davomida Oʻzbekiston va Fiji oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, taʼlim va turizm kabi yoʻnalishlardagi aloqalarning hozirgi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, ikki mamlakat oʻrtasidagi diplomatik aloqalar tarixida ilk marotaba Oʻzbekistonning Fijidagi elchisining tayinlanishi Fiji tomoni uchun ham muhim tarixiy voqeaga aylangani qayd etildi. Shu munosabat bilan Fiji bilan ikki va koʻp tomonlama aloqalarni rivojlantirishga eʼtibor qaratgani uchun Oʻzbekiston prezidentiga alohida minnatdorlik bildirildi.
Uchrashuv yakunida Fiji prezidenti Oʻzbekiston prezidentiga chuqur hurmat va samimiy salomlarini yoʻlladi hamda oʻzbek xalqiga tinchlik va farovonlik tiladi.
Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston va Fiji oʻrtasida diplomatik munosabatlar 2010-yil 16-iyun kuni oʻrnatilgan.
Eslatib oʻtamiz, Muxsinxoʻja Abdurahmonov 2021-yil 27-sentyabr kuni Yaponiya Imperatori Naruxitoga Oʻzbekiston elchisi sifatidagi ishonch yorliqlarini topshirgan edi