Bu haqda Oʻzbekiston oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov va Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Xatori Takashi ishtirokida uchrashuvda maʼlum boʻldi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda kun chiqar yurt hukumatining begʻaraz yordam dasturi doirasida jami 422 million iyen – taxminan 2.8 million dollar qiymatga teng Almashinuv notalari imzolandi.
Mazkur kelishuv “Kadrlar tayyorlash uchun stipendiya taqdim etish” dasturi asosida mamlakatimiz davlat idoralarining yosh xodimlari Yaponiyada tahsil olishini taʼminlaydi.
Shuningdek, vazir JISA – Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining yurtimizdagi vakolatxonasi rahbari Bito Yoshibumi loyiha boʻyicha Grant shartnomasini imzoladi.