Bu haqda mahalliy maʼmuriyatga tayanib TASS xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, Bulgan qishlogʻida oʻlat alomatlari bilan kasallik holatlari aniqlangan. Shundan soʻng hokimlik tomonidan ommaviy tadbirlarni vaqtincha toʻxtatish va maktablarda oʻquv jarayonini masofaviy tarzda tashkil etish haqida qaror qabul qilindi. Shuningdek, hududda dezinfeksiya va profilaktika ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Xubsugul viloyatida ham oʻlat sababli aholi harakatiga, transport qatnoviga, bozorlar va umumiy ovqatlanish muassasalari faoliyatiga cheklov qoʻyilgan edi.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 12-sentyabr holatiga koʻra, oʻlatga chalingan uch nafar bemor bilan aloqada boʻlgan 110 kishi shifokorlar nazoratida qolmoqda. Sogʻliqni saqlash xizmati maʼlumotlariga koʻra, 2025-yil avgust oyi holatiga Moʻgʻulistonning 17 viloyatidagi 130 aholi manzilgohida oʻlat oʻchoqlari qayd etilgan. 2014–2024-yillarda 20 kishi ushbu kasallikka chalingan boʻlib, ulardan 9 nafari vafot etgan.