19-martda respublikaning markaziy va janubi-sharqiy hududlarida
ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. 20-martda O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Bu davrda havo harorati asosan kechalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari 15-20 daraja iliq, yomg‘ir paytida 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkentda: 16-18 va 20-mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.
19-martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat asosan kechalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari 17-20 daraja iliq, 19-martda 14-17 daraja iliq bo‘ladi.