«Oʻtgan yili ekologik nazorat tadbirlari natijasida 3890 ta huquqbuzarlik aniqlanib, jami 7812 tup daraxt, shundan 3428 tup qimmatbaho daraxt noqonuniy kesilgani uchun 136 nafar mansabdor shaxsga 4,5 mlrd soʻm jarima solindi va 15,3 mlrd soʻmlik yetkazilgan zarar aniqlandi.

Moratoriy davrida qariyb 5609 ta jismoniy va yuridik shaxsdan qimmatbaho daraxtlar va turli oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar kesilishi boʻyicha ariza tushgan. Bu murojaatlarda 258 ming daraxt tupini kesish masalasi koʻtarilgan. Shundan 182 ming tup qimmatbaho daraxt kesilishi rad etilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda bir yil davomida 400 ga yaqin daraxt kesilishi boʻyicha tanqidiy material chiqqan. Bu — daraxt kesilishining oldini olish boʻyicha ishlarimizga yaxshi samara koʻrsatyapti».