Investitsiya sohasidagi natijalar tanqidiy tahlil qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni xorijiy investitsiyalarni jalb qilish holati va kelgusi yilgi rejalar muhokamasi boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.
Hukumat “Sanoat korxonalarining atrof-muhitga salbiy taʼsirini kamaytirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni qabul qildi. Hujjat bilan avtomatlashtirilgan kichik stansiyalarning manzilli roʻyxati tasdiqlandi.
Oʻzgidromet shu yil 29-noyabrdan 1-dekabrga boʻlgan vaqt oraligʻi uchun bergan ob-havo bashoratlariga koʻra, hafta oxirida mamlakatning vodiy viloyatlaridan tashqari barcha hududlarida yomgʻir qorga aylanishi mumkin.