Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda, Toshkent shahri, Uchtepa tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tadbir davomida, Uchtepa tumanidagi yashash uylar oldida fuqaro R.N. tomonidan “shartli xaridor”ga 9 dona karton qutilarda va 1 dona polietilen paketda boʻlgan, umumiy qiymati 100 mln. soʻmlik, 264 ming dona “Britanik” nomli pirotexnika vositalarini sotayotgan vaqtida toʻxtatib qolindi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.