Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, joriy yil 8-iyul kuni Qumqoʻrgʻon tumanining Beshqahramon mahallasida joylashgan savdo doʻkonidan jami narxi 79 million 870 ming soʻm boʻlgan 45 dona telefon apparatlari hamda bir qancha aksessuarlar oʻgʻirlab ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qumqoʻrgʻon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilgan. Tezkor-surishtiruv natijasida ushbu oʻgʻrilikni Uzun tumanida yashovchi A.D. sodir etgani aniqlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.