5 mlrd soʻmlik isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini savdoga chiqarilishining oldi olindi

    Oʻtkazilgan ekspertiza xulosalariga koʻra, ushbu alkogol mahsulotlarining aksiz markalari qalbakiligi hamda isteʼmolga yaroqsiz ekanligi qayd etilgan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan mavjud tezkor maʼlumotlarga asosan viloyat IIB JQB va bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldini olish borasida oʻtkazilgan tezkor qidiruv tadbirida Toshkent viloyati, Parkent tumanida faoliyat yurituvchi “B.G.” MCHJ taʼsischisi M.O. va uning sherigi Sh.J. Samarqand shahri, “Madadkor” MFY hududida joylashgan uyning omborxonasida hech qanday hujjatsiz 30 xil turdagi 134 597 dona umumiy bahosi 4 mlrd 945 mln soʻmlik alkogol mahsulotini Samarqand shahrida oʻtkazish maqsadida saqlab kelganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Oʻtkazilgan ekspertiza xulosalariga koʻra, ushbu alkogol mahsulotlarining aksiz markalari qalbakiligi hamda isteʼmolga yaroqsiz ekanligi qayd etilgan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.