Namangan shahar hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, bu yilgi gulbozorda ishtirokchilar soni va gullar koʻlami rekord darajani tashkil etmoqda — 1,5 mingdan ortiq gulparvar 30 milliondan ortiq xonaki gulni taqdim etdi.
Sotuvchilarga koʻra, orxideya, geran va begoniya kabi gullar eng koʻp xarid qilinmoqda. Narxlar 5 ming soʻmdan boshlanib, ayrim nodir gullar 1,5 million soʻmgacha baholanmoqda. Gullarga boʻlgan talab oʻtgan yilga nisbatan ancha oshgan.
Xaridorlar gullarni asosan kayfiyat va interyer uchun tanlashmoqda. Koʻpchilik uchun bu festival — yangi gul turlari bilan tanishish va tabiat bilan yaqinlashish imkoniyati boʻlmoqda.