Joriy yilning oktabr oyidagi ko'rsatkichlar 1991-2020-yillardagi o'rtacha haroratdan 0,85 darajaga yuqori. Avvalgi rekord 2019-yil oktabr oyida qayd etilgan edi. O'sha ko'rsatkichlar 2023-yilga nisbatan 0,40 darajaga pastroq, deb xabar beradi mir24.tv.
Mutaxassislarning qayd etishicha, joriy yilning yanvaridan oktabrigacha bo'lgan o'rtacha harorat 2016-yilning 10 oyidagi o'rtacha ko'rsatkichdan 0,10 darajaga yuqori bo'lgan – bu butun kuzatuv davri uchun eng yuqori ko'rsatkichdir, deb xabar berdi Yevropa iqlim o'zgarishi xizmati – Copernicus.
“Biz to'liq ishonch bilan aytishimiz mumkinki, 2023-yil tarixdagi eng issiq yil bo'ladi va u hozirgi kunda sanoatdan oldingi o'rtacha ko'rsatkichdan 1,43 darajaga yuqori”, dedi Copernicus bosh direktori o'rinbosari Samanta Berjess.