Kompaniya bu bilan AQSH Kongressidan bu muddatda ushbu texnologiyadan foydalanish etikasi bo'yicha qat'iy qarorlar qabul qilishni talab etmoqda.
Reutersning qayd etishicha, “bu qaror Amazon va fuqaro erkinligi bilan kurashuvchi tarafdorlarining ikki yillik harakatlarining kulminatsion nuqtasi bo'ldi”.
The Wall Street Journalning yozishicha, yuzni aniqlash tizimi avvaldan afroamerikaliklar va boshqa etnik ozchiliklar rasmlarini noto'g'ri aniqlashi mumkinligi aytilib, “irqiy tarafkashlik”da ayblab kelingan. So'nggi haftalarda esa bu masala turli mamlakatlarda irqchilik va politsiyaning shavqatsizligiga qarshi norozilik namoyishi tufayli dolzarb tus oldi.
Ma'lumotlarga ko'ra, 2016 yilda 650 nafar jinoyatchi, qochoq va bedarak yo'qolgan shaxsni topishda bu tizim juda qo'l kelgan.