Ulugʻ bobomiz buyuk ijodkor boʻlish bilan birga ulkan davlat arbobi ham edi. U oʻz hayotining katta qismini turkiy til, turkiy xalqlar tamadduni uchun baxshida etdi. Asarlari bir umumiy va yuksak konsepsiya – turkiy olam tafakkuri, maʼnaviyati va
madaniyatini kamol toptirish doirasida yaratilgan.
Navoiyni turkiy tilda “koʻp va xoʻb” ijod qilishga, Sharq adabiyotida mezon va choʻqqi hisoblangan “Xamsa”ni yaratishga, sheʼriyatning eng nafis janri boʻlgan gʻazalning minglab namunalarini yozishga, fanning adabiyotshunoslik, tilshunoslik, dinshunoslik, tarix kabi sohalarida qalam tebratishga undagan asosiy omil ham aynan turkiy olam saodati haqidagi ideallari edi.
Yurtimizda shoir ijodining mana shunday muhim jihatlarini teran anglagan holda uni yanada ommalashtirish va ilmiy asosda chuqur oʻrganish, xalqchil qarashlarini jamiyat hayoti-ning turli sohalariga tatbiq etish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Bugun mamlakatimizning ilm-fan, taʼlim, iqtisodiyot, madaniyat kabi sohalarida “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” tamoyili asosida keng koʻlamli islohotlar olib borilyapti. Bu jarayonda milliy yuksalishning ruhiy-maʼna-viy asoslarini tashkil etuvchi buyuk mutafak-kirlar asarlari, shoir va adiblarning ijod namunalarini keng yoyishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Alisher Navoiy oʻz asarlarida tasvirlagan tinchlik, tenglik, adolat, xalqchillik kabi ulugʻvor gʻoyalar davlat boshqaru-vining barcha boʻgʻinlariga, xalq hayotining muhim sohalariga joriy etilmoqda.
Soʻnggi yillarda nafaqat ichki siyosatda, balki tashqi siyosatda ham maʼnaviyat va adabiyotga eʼtibor kuchaydi. Oʻzbekiston qoʻshni davlatlar bilan ahil-inoqlik, birdamlik, dunyo hamjamiyati bilan esa ochiq va koʻp vektorli tashqi siyosat yuritmoqda. Endi mamlakatimiz tashqi siyosatda ilm-fan, adabiyot, xususan, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi ijodkorlar asarlari va qarashlaridan “yumshoq kuch” sifatida foyda-lanishga ustuvor ahamiyat qaratmoqda.
Davlatimiz rahbari 2019-yil 15-oktyabrda Boku shahrida tashkil etilgan Turkiy davlatlar hamkorlik kengashi sammitida adabiyot bilan bogʻliq muhim tashabbusni — “Turkiy adabiyot durdonalari” nomli 100 jildli toʻp-lamni tashkilotga aʼzo davlatlarning tilida nashr etish taklifini ilgari surdi. Natijada mazkur toʻplam 2022-yili tashkilotning Samarqand sammiti arafasida birinchilardan boʻlib lotin alifbosiga asoslangan oʻz-bek tilida chop etildi va kitobxonlarga yet-kazildi.
Bu, shubhasiz, uzoqni koʻzlab bildirilgan ijobiy tashabbus boʻldi. Shu orqali, bir tomondan, mamlakatimiz aholisi oʻrtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini rivojlantirishga, turkona maʼnaviyatni keng targʻib etishga erishilgan boʻlsa, boshqa tomondan, katta adabiy xazinani, turkona tafakkur durdonalarini qardosh xalqlar orasida keng yoyishga, ularni oʻzaro jipslashtirishga maʼnaviy zamin yaratildi. Bu turkiy tilli davlatlar birdamligi va hamkorligining adabiyot, madaniyat misolidagi oʻziga xos namunasiga aylandi.
Yangi Oʻzbekistonda maʼnaviyat va ma-daniyatning siyosiy-iqtisodiy aloqalarga jiddiy taʼsiri chuqur anglab yetildi. Na-tijada boy maʼnaviy merosimiz, xususan, adabiyot durdonalaridan ham ichki, ham tashqi siyosatda samarali foydalanishga oʻtildi. Asrlar sinovida sayqallangan qadriyatlarimiz, noyob madaniyatimiz, olam-shumul ahamiyatga molik asarlarimiz orqali Oʻzbekistonning milliy qiyofasi, jozibador olami, yangi imiji namoyish etila boshladi.
Tilimiz va madaniyatimiz xalqaro aloqa-larda, qardosh xalqlar bilan munosabatlarda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Davlatimizning madaniy-maʼrifiy sohaga bunday yondashuvi endi soha mutaxassislarini ham yangilik-lar yaratish, el-yurt manfaatiga xizmat qi-luvchi tadqiqotlar, asarlar bilan xalqaro maydonga chiqishga undamoqda. Olimlarimiz oldida oʻzbeklar, qolaversa, butun turkiy xalqlarning boy maʼnaviy merosi mazmuni va ahamiyatini dunyo hamjamiyatining ziyoli qatlami uchun ilmiy asosda yoritish vazifasi turibdi.
Akademik Shuhrat Sirojiddinovning “Amir Alisher” nomli tadqiqotining yuzaga kelishi va xorijiy tillarga tarjima qili-nishi shu jihati bilan eʼtiborga molik. U yuqorida qayd etilgan madaniy-maʼrifiy va ijtimoiy-siyosiy zaruratning natijasi oʻla-roq yuzaga keldi.
Aslida, turkiy xalqlar uchun gʻurur manbai boʻlgan Alisher Navoiy hayoti va ijodining olamshumul ahamiyatini ilmiy asosda jid-diy tadqiq etish, mazmun-mohiyatini yoritish, xalqaro miqyosda keng targʻib qilish fanimiz oldida turgan sharafli vazifalardan. Taas-sufki, milliy manfaatlarimizga muvofiq keluvchi, xolis nuqtayi nazar bilan oʻzbek olimi tomonidan yozilgan va jahon tillariga tarjima qilinib, xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan navoiyshunoslikka oid asarlarimiz yoʻq hisobi.
Xorijlik mutaxassislar bunday holatda, tabiiyki, Alisher Navoiy hayoti va ijodi, binobarin, turk dunyosining maʼnaviy qiyo-fasi haqidagi haqiqatlarni milliy nigoh va vatanparvarlik kayfiyati bilan yozilgan tad-qiqotlardan emas, balki begona koʻzqarash, yot mafkura va dunyoqarash taʼsirida yozilib, ja-honda keng tarqalgan tadqiqotlardan olishga majbur boʻldi. Shu tariqa dunyo xalqlarida Alisher Navoiy hayoti, faoliyati va ijodi — oʻzbek xalqi, turkiy olam maʼnaviyati haqida baʼzan biryoqlama va soxta tasavvurlar shakllandi, baʼzan esa ular asl haqiqatdan toʻla bahramand boʻla olmadi.
Shu maʼnoda, “Amir Alisher” nomli tadqiqotning jahon tillariga tarjima qilinib, nashr etilishi ilm-fan, maʼnaviyat va siyosat nuqtayi nazaridan katta voqea boʻldi. Bu voqeaning koʻlami va mohiyatini toʻliq ochib berish, fanimiz va davlatchiligimiz uchun naqadar muhimligini oydinlashtirish uchun bunga qadar Alisher Navoiy hayoti va ijodi boʻyicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar ta-rixi va mohiyati bilan muxtasar tanishti-rishga toʻgʻri keladi.
Alisher Navoiyning hayoti va faoliyati toʻgʻrisida “Amir Alisher”ga qadar ham bir necha kitob yozilgan. Ularning aksariyati va muhimlari sobiq sovet tuzumi yillarida yaratilgan boʻlib, tabiiyki, koʻpida mustabid davr mafkurasi ustuvorlik qilgan.
“Amir Alisher” tadqiqotining yaratilishi va dunyo tillariga tarjima qilinib, keng yoyilishi, avvalo, buyuk oʻzbek mutafakkiri, qolaversa, oʻzbek maʼnaviyati, adabiyoti, turkiy olam madaniyati toʻgʻrisidagi soxta va yolgʻon qarashlarga ilmiy asosda xalqaro dara-jada barham berishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Ushbu asarda ulugʻ shoir hayoti va faoliyati, binobarin, oʻzbekning maʼnaviy-maʼrifiy qiyofasi haqidagi haqiqatlar milliy nigoh va vatanparvarlik nuqtayi nazaridan yoritilgan.
Monografiya, avvalo, olimning Alisher Navoiy hayoti va faoliyati boʻyicha 30-yildan ortiq vaqt mobaynida olib borgan fundamental va zahmatli ilmiy izlanishlarining oʻziga xos umumlashmasidir. Navoiy fenomenining nazariy jihatlarini asarlari, ijo-di oʻzida mujassam etgan boʻlsa, davlat arbobi sifatidagi faoliyati, ishlari uning amaliy ifodasini aks ettiradi. Shu maʼnoda, ulugʻ shoir faoliyatini oʻrganish, uning asl tabiati va mazmunini ochib berish mohiyatanshoir ijodini tadqiq etishdan farq qilmaydigan muhim masaladir.
“Amir Alisher” asari ilk bor Toshkentda 2023-yili Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligi bilan “Adabiyot” nashriyotida chop etildi. Kitobning tuzilishi ham nomlani-shiga muvofiq. U ikki qismdan iborat boʻlib, birinchi qismi “Alisher Navoiyning yoshli-gi” deb ataladi va shoir hayotining 1441-1469-yillarini qamrab olgan. Ikkinchi qism “Amir Alisher va saroy” deb nomlangan. Unda Amir Alisher hayotining 1469-1501-yillari haqida hikoya qilinadi. Kitobning oxiriga Alisher Navoiy qurdirgan inshootlar hamda uning homiyligi va taklifi bilan yozilgan asarlar-ning toʻliq roʻyxati ham ilova qilingan.
“Amir Alisher” olimning avval eʼlon qilingan tadqiqotlaridan bir necha jihati bilan farq qiladi.
Birinchidan, ushbu asarda asosiy eʼti-bor Alisher Navoiyning hayoti va siyosiy faoliyatini qadimiy va ilk manbalardagi maʼlumotlar bilan xolisona yoritishga, shu masala atrofidagi tarixiy faktlarni ti-zimlashtirishga qaratilgan. Masalan, olim bu tadqiqotida Navoiy va Abu Said, Navoiy va Majdiddin munosabatlariga oid haqiqat va uydirmalarni, Navoiyning Astrobodga surgun qilingani haqidagi qarashlar toʻqib chiqarilgani, shuningdek, Navoiyning Mash-haddagi hayotini ishonchli ilmiy manbalar asosida yoritib beradi.
Ikkinchidan, bu kitobga muallifning oldin eʼlon qilingan ishlariga muayyan sa-bablarga koʻra kirmay qolgan yangi maʼlumot-lar qoʻshilgan. Sulton Husayn Boyqaroning maktubi bilan bogʻliq faktlar, Navoiyning nega oila qurmagani va togʻasi Mir Said Kobuliy nima uchun “Kobuliy” nisbasini olgani haqidagi fasllar ayni shular sirasiga kiradi.
Uchinchidan, aniqlashtirish nuqtayi nazaridan qoʻshimcha izlanishlarga qoʻl urilgan. Shu bois, avvalgi tadqiqotlarga kirmay qolgan masalalar aniqlashtirilgan. Jumladan, Navoiyning otasi haqida nima uchun shoir hayotlik davrida yozib qoldirilmagan degan masala ochiqlangan. Navoiyshunoslikdagi bir nechta yanglish fikr toʻgʻrilangan,
hatto muallifning oʻzi avvalgi ishlarida yoʻl qoʻygan xatolar ham tan olinib, tuzatish
kiritilgan. Xususan, Alisher Navoiy tugʻilgan joy haqidagi bahslarga nuqta qoʻyilib, shoir Hirotda dunyoga kelgani dalillangan.
Toʻrtinchidan, kitobda muallifning bayon uslubi oʻzgargan, yaʼni avvalgi tadqiqotlarida yuksak akademizm koʻrsatib, chuqur ilmiy tahlillar bergan boʻlsa, “Amir Alisher”da ana oʻsha maʼlumotlar mazmuni saqlangan holda keng kitobxonlarga tushunarli tarzda, imkon qadar muxtasar va foydalanish uchun qulay qilib soddalashtirilgan.
Turkiy dunyoning mashhur siymosi hayoti va faoliyati toʻgʻri talqin etilgani, jiddiy ilmiy asoslarga tayanib yaratilgani, turkiy olam maʼnaviyati namoyon etilishi kabi sabablar tufayli “Amir Alisher” asari tezda ilm ahli orasida keng yoyildi, kitobxonlarga manzur boʻldi. Eʼtiborli jihati, asar shuhrati xalqaro miqyosda ham yoyilib, eʼtirof qozona boshladi. Bir-ikki yilda koʻplab tillarga tarjima qilindi va bu jarayon hali ham davom etmoqda. Jumladan, asar 2023-yili Gulbahor Ashurova tomonidan ozar tiliga oʻgirilib, Bokudagi “Ilm va tahsil” nashriyotida chop etildi.
“Amir Alisher” Ozarbayjonda dong taratgach, tezda Turkiyadagi adabiyotshunoslar eʼtiborini tortdi. Bu kitob 2023-yili Bullent Bayram tomonidan turk tiliga ham oʻgirildi va Anqaradagi mashhur “BENGÜ YAYINLARI”da bosilib chiqdi.
“Amir Alisher”ning keyingi “safari” Amerikaga boʻldi. Kitob 2024-yilda ingliz
tiliga “Emir Ali-Shir Navāʼi” nomi bilantarjima qilinib, Nyu-Jersidagi “Laytning Press” matbaasida yuksak poligrafik talab va mezonlarga mos holda nashr etildi.
Shu maʼnoda, oʻzbek navoiyshunosligining muhim yutuqlaridan biri boʻlgan “Amir Alisher” kitobi nafaqat AQSH adabiyotshunosligi, balki ingliz tilida muloqot qiluvchi
barcha ziyolilar eʼtiboriga havola qilindi deyish mumkin.
Bu boradagi eʼtiborli ishlardan yana biri 2024-yilda “Amir Alisher”ning Kobuldagi “Xuroson” bosmaxonasida arabalifbosiga asoslangan oʻzbek yozuvida chop etilishi boʻldi. Kitob Ehsonullo Quvonch tomonidan nashrga tayyorlandi va “Kitob madaniyat markazi” koʻmagida nashrdan chiqdi. Ushbu nashr Afgʻonistondagi oʻzbeklar uchun ulkan tuhfadir.
Asarning 2025-yilda Shahlo Noraliyeva tomonidan qozoqchaga oʻgirilib, Chimkent tumanida nashr etilgani esa Alisher Navoiy tavalludining 584-yillik toʻyiga munosib toʻyona boʻldi.
“Amir Alisher” tadqiqotining jahon tillariga tarjima qilinishi, avvalo, oʻzbek navoiyshunosligi uchun katta yutuq va yangilikdir. Shuningdek, ushbu voqea yana ikki muhim vazifa ijrosi uchun xizmat qiladi.
Ulardan biri, oʻzbek xalqi, shuningdek, butun turkiy xalqlar tamsilchisi boʻlgan Alisher Navoiyning dunyo ziyolilari orasida, xalqaro miqyosda munosib eʼtirof topishi va u haqdagi asl haqiqatlarni ulashish nuqtayi nazaridan jiddiy ilmiy qadamdir.
Ikkinchisi, ushbu tadqiqotning xalqaro miqyosda keng yoyilishi davlatimizning tashqi aloqalardagi “yumshoq kuch” siyosatiga navoiyshunoslikning munosib hissasi sifatida qoʻshildi. Shubhasiz, mazkur tadqiqot va tarjimalar Alisher Navoiy hayoti va faoliyati, binobarin, oʻzbek xalqi, turkiy madaniyat va maʼrifat toʻgʻrisida xalqaro hamjamiyatga muhim va ijobiy tasavvur berishga xizmat qiladi.
Amir Alisherning oʻzi “Olibmen taxti farmonimgʻa oson, Cherik chekmay Xitodin to Xuroson”, deya taʼkidlaganidek, dunyo ziyolilari orasida turkiy xalqlar oʻtmishi va madaniyatini targʻib etish asnosida yangi Oʻzbekistonning ijobiy imijini shakllantirish, ichki imkoniyatlarini yanada jozibador qilib koʻrsatishga yordam beradi. Xorijiy davlatlarda Oʻzbekiston tarixi va madaniyati, oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganishni keng targʻib qiladi, mamlakatimiz nufuzini oshirishga koʻmaklashadi. Shu saviya va ruhdagi ilmiy tadqiqotlarning yanada koʻpayishi esa vatanimiz sharafini yuksaltiradi, ham madaniy, ham iqtisodiy farovonlikka zamin yaratadi.
Ilyos ISMOILOV,
filologiya fanlari doktori