Tadbir yuqori saviyada, tantanali muhitda tashkil etildi. Unda aktyorlar, tarixshunoslar, kino ixlosmandlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirok etdi.
«Amir Temur» filmi O‘zbekiston va AQSh ijodkorlari hamkorligida suratga olingan. Xususan, ushbu filmga Dzheykob Shvars rejissyorlik hamda Behruz Hamzayev esa ijrochi prodyuserlik qilgan.
Bosh rolni britaniyalik aktyor Kristian Mortensen ijro etgan. Shuningdek, filmda Yulduz Rajabova, Sanzhar Madi, Zhandos Aybasov, Erkebulan Dayyrov, Dulguun Odxuu, Maxesh Zhadu va Assan Mazhit kabi aktyorlar ishtirok etgan.
Film XIV asr voqealariga bag‘ishlangan bo‘lib, Amir Temurning hokimiyatga kelishi, uning ichki kurashlari va tarixiy jarayonlar fonida shakllangan shaxsiyatini yoritadi.
Asarda Ipak yo‘lidagi beqarorlik, Mo‘g‘ullar imperiyasining parchalanshi va shu davrdagi siyosiy zidiyatlar badiiy tarzda aks ettirilgan.
Film namoyishidan so‘ng jamoatchilik orasida «U tarixiy manbalarga qay darajada asoslangan?» degan savollar paydo bo‘ldi. Ijodkorlar stsenariy yozishda asosan «Temur tuzuklari»ga tayanilganini ta’kidlashmoqda.
Tarixchi olima Hilola Naziraning fikricha, filmda tarixiy elementlardan foydalanishga urinish bor, ayrim g‘oyalar esa manbalarga tayangan holda badiiy talqin qilingan.
Uning ta’kidlashicha, filmda «Inson taqdirni tanlamaydi, taqdir insonni tanlaydi» degan g‘oya orqali Temur shaxsiyati simbolik tarzda ochib berilgan.
Shuningdek, Temurning dastlabki holati — to‘g‘ridan-to‘g‘ri hokimiyatga da’vo qila olmasligi, legitimlik masalasi va nomiga xon, amalda esa amirlar boshqargan tizim kabi tarixiy jihatlar ham aks ettirilgan.
Bu kabi holatlar keyinchalik Buxoro amirligi, Qo‘ng‘irotlar va Minglar sulolasi davrida ham kuzatilgani qayd etiladi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, filmini to‘liq tarixiy manba sifatida emas, balki badiiy asar sifatida qabul qilish kerak.
Chunki kino — avvalo dramaturgiya, syujet va obrazlar orqali ta’sir o‘tkazishga qaratilgan san’at turidir.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bosh rol ijrochisi Kristian Mortensen obrazni ishonchli chiqarish uchun jiddiy tayyorgarlikdan o‘tgan.
2017–2018 yillardayoq muhokama qilingan ushbu loyiha nega uzoq vaqtda tayyor bo‘lgani ham ko‘pchilikni qiziqtirdi.
Ijrochi prodyuser Behruz Hamzayevga ko‘ra, film tijorat maqsadida emas, balki sifatga e’tibor qaratib ishlangan.
«Biz shoshilmadik. Har bir detal biz uchun muhim bo‘ldi,» — deya ta’kidlaydi u.
«Amir Temur» filmi — bu tarixiy voqeliklardan ilhomlangan, ammo badiiy talqin asosida yaratilgan asardir.
Unda buyuk sarkardaning hayoti, ichki kurashlari va hokimiyat sari yo‘li dramatik va ta’sirchan shaklda aks ettirilgan.
Film tomoshabinni nafaqat tarix bilan tanishtiradi, balki uni his qilishga ham undaydi.
— Mazkur filьmning yana bir muhim jihati shundaki, bu filьmning keng distribuytsiyasi. Ilk marotaba, bizning Sohibqiron Amir Temur haqida film
MDHda film distributori Eldor Yuldashevga ko‘ra, film O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarboyjon, Rossiya va Belarus kinoteatrlarida o‘z tillarida namoyish etiladi.
«Bunday darajadagi o‘zbek kinolari 1991 yildan beri birinchi marta lokal dublyaj qilib MDH prokatlariga chiqmoqda,» — deya ta’kidlaydi u.
«Ilk marotaba filьmni o‘tgan yilning sentyabr oyida Qozon shahridagi «Oltin Minbar» kinofestivalida taqdim etdim, o‘shanda bu MDHlik prokatchilarda katta qiziqish uyg‘otdi, chunki o‘zbek filmlari yaqin xorij bozorida juda kam», — deya qo‘shimcha qildi u.
Mazkur film haqida filologiya fanlari doktori Shuxrat Xayitov ham o‘z fikrlarini bildirdi.
— Biz o‘zbek xalqi, umuman xalqimiz, o‘zbek davlatchiligi tarixi, buyuk ajdodlarimiz, jahonni larzaga solgan ulkan tarixi bilan dunyo tsivilizatsiyasida o‘ziga xos o‘rin egallagan millatmiz. Shu ma’noda, buyuk Sohibqiron Amir Temur haqida qancha ko‘p filmlar ishlansa, menimcha, shuncha kam.
So‘nggi yillarda tarixga bo‘lgan munosabat, uni ekranlashtirishga yondashuv mutlaqo yangi bosqichga chiqdi. Xususan, Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan «Tirik tarix» dasturi doirasida 50 dan ortiq tarixiy filьmlar yaratish rejalashtirilgani bu boradagi ishlarning tizimli yo‘lga qo‘yilganini ko‘rsatadi.
Albatta, bugun taqdim etilayotgan «Amir Temur» filmi ushbu dastur doirasiga kirmasligi mumkin, lekin uni xalqaro miqyosda Amir Temur siymosini keng targ‘ib qilishga qaratilgan muhim badiiy loyiha, deb baholash mumkin.
Filmda, tabiiyki, Amir Temurning butun hayoti, barcha yurishlari, buyuk sarkardaning ilk shakllanish bosqichi, o‘sha davr muhiti va tarixiy sharoitni badiiy jihatdan yoritishga harakat qilgan.
Eng muhimi, bu filmning 100 dan ortiq davlatda namoyish etilishi rejalashtirilayotgani — yurtimiz tarixi va buyuk shaxslarimizni dunyoga tanitish yo‘lidagi muhim qadmdir. Bu, albatta, tarixiga befarq bo‘lmagan har bir insonni quvontiradi.
Biz shunday filmlar ko‘payishini istaymiz. Chunki Amir Temur va Temuriylar davri, umuman, o‘zbek davlatchiligi tarixi juda boy va chuqur. Ularni qancha ko‘p ekranlashtirsak, shuncha yaxshi.
Bugungi kunda tarixni kino orqali yetkazish, uni ekran tiliga o‘girish va shu orqali jahonga namoyish qilish — eng samarali usullardan biriga aylanmoqda. Kino orqali tomoshabin nafaqat voqeani ko‘radi, balki uni his qiladi.
Filmdaги liboslar, muhit, zamon va makon tasviri — bularning barchasi tomoshabin tafakkuriga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va o‘sha davr ruhini yetkazishga xizmat qiladi.
«Amir Temur» filmi esa ana shu faxr tuyg‘usini yana bir bor jonlantirib, tomoshabin qalbida g‘urur va hayajon uyg‘otadi.
Zulxumor Akbarova