Milliy tariximiz boʻyicha kamida 50 ta badiiy, hujjatli va musiqali asarlar yaratish dasturi ishlab chiqiladi

    Hukumat 11 Oktabr 2023 1567

    Jahon amaliyotida turizm salohiyatini targʻib qilishda kino, serial va hujjatli filmlardan keng foydalanilmoqda.

    Shu bois, Kinematografiya agentligiga milliy tariximiz boʻyicha kamida 50 ta badiiy, hujjatli va musiqali asarlar yaratish dasturini ishlab chiqish topshirildi.

    Prezident turizm obyektlarida sanitariya va ozodalikka eʼtiborni yanada kuchaytirish lozimligini qayd etib, bu boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berdi.

    Yana bir muhim masala – soha kadrlarining salohiyatini oshirish.

    Turizm qoʻmitasiga “Ipak yoʻli” xalqaro turizm universiteti bilan birgalikda servis sifati hamda soha xodimlarining malaka va madaniyatini oshirish boʻyicha oʻqitish tizimini yaratish topshirildi. Bunda mehmonxona va restoran ishi boʻyicha chetdan mutaxassislar taklif qilinib, har bir viloyatda oʻquv kurslari tashkil qilinadi.

    Shuningdek, xushmuomala boʻlish, tabassum qilish, ozodalik boʻyicha qisqa hajmli taʼsirchan ijtimoiy videoroliklarni tayyorlab, barcha telekanallar, ijtimoiy tarmoqlar va ekranlarda muntazam koʻrsatib borish muhimligi taʼkidlandi.