Turkiyada Amir Temur haqidagi filmning syomka jarayonlari boʻlib oʻtmoqda

    Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olinayotgan Yolqin Toʻychiyevning murakkab postanovkali badiiy-tarixiy filmini suratga olish ishlari davom etmoqda.

    "Ulugʻ Amir va Donna Mariya" filmi Turkiya kinostudiyasi bilan hamkorlikda suratga olinmoqda.

    Mazkur filmda yetuk sarkarda Amir Temurning ispan malikasi Donna Mariyani Turk sultoni Boyazit Yildirim zulmidan ozod qilishi, buning ramziy maʼnosi sifatida butun Ispaniya ozodligi aks etgan.

    Film ssenariy muallifi Xayriddin Sulton, postanovkachi rejissyorlar Yolqin Toʻychiyev va Jahongir Qosimov, operator Rustam Muratov.