“Amirsoy”dagi 700 tup atrofidagi daraxtlarni kesganlarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

    Yashil sayyora 16 Sentabr 2021 3072

    Bo‘stonliq tumanidagi «Amirsoy» kurort zonasida 700 tup atrofidagi qimmatbaho daraxtlar kesib tashlandi.

    Holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi ma'lumot berdi.

    Qayd etilishicha, ushbu holat bo'yicha Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.