Ushbu qarorga va mutasaddi tashkilotlarning texnik shartlariga asosan Andijon viloyat qurilish Bosh boshqarmasi tomonidan 2019-yil 27-noyabrda 1-298 sonli ART-1-2 tayyorlangan. “Andijonfuqaroloyiha” MCHJ tomonidan loyiha hujjatlari ham tayyorlanib, “SHAHARSOZLIK HUJJATLARI EKSPERTIZASI” davlat unitar korxonasi Andijon viloyati filiali tomonidan 2020-yil 20-aprelda № E-2020/230 sonli ekspertiza xulosasi olingan.
Yuqoridagi shaharsozlik hujjatlariga asoslangan holda Andijon viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan 2020-yil 4-mayda №297-sonli ommaviy oferta rasmiylashtirilgan hamda inspeksiya tomonidan belgilangan tartibda nazorat ishlari olib borish jarayonida fuqaro B.Usmonov tomonidan binoning yuqori qismiga shaharsozlik xujjatlarisiz noqonuniy ravishda yana qoʻshimcha 1 ta qavat qoʻshib, qurilish-montaj ishlari (8 qavatda) amalga oshirilayotganligi aniqlandi va ushbu holat boʻyicha oʻrnatilgan tartibda qurilishni toʻxtatish toʻgʻrisida yozma koʻrsatma berilgan.
Mazkur holatning oldini olish yaʼni noqonuniy qurilishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha qurilish obyektida masʼul buyurtmachining texnik va loyiha tashkilotining mualliflik nazorati xodimlari tomonidan hech qanday qonuniy choralar koʻrilmagan.
Buyurtmachi tomonidan texnik nazoratga masʼul etib tayinlangan D.Nizomiddinovning esa qurilish sohasi boʻyicha maʼlumot va tajribaga ega emasligi, savdo yoʻnalishida faoliyat yuritishi aniqlangan. Shu bois hududiy inspeksiya tomonidan B.Usmonovga qurilish jarayonida texnik nazorat olib borish uchun ushbu sohada tajribaga ega boʻlgan masʼul shaxsni tayinlash boʻyicha ham koʻrsatma berildi.
Hozirgi kunda fuqaro tomonidan noqonuniy amalga oshirilgan qurilish-montaj ishlari oʻz hisobidan buzilmoqda va mazkur jarayon Andijon viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan nazoratga olingan.
Qurilish vazirligi
Matbuot xizmati