Taʼkidlanishicha, АQSh gʼarbidagi hozirgi mega qurgʼoqchilik oxirgi 1200 yilda kuzatilmagan.
Olimlar 400 ming gektar maydonda ignabargli daraxtlardan iborat fitomassa yoʼq boʼlayotganini aniqladi. Аrchalar qizarib, qurib qolish fazasiga oʼtmoqda. Bu hudud va uning atrofidagi ekotizmni ishdan chiqaradi.
АQSh shimoli gʼarbida bundan oldingi eng katta yoʼqotish 1952-yil roʼy bergan. Oʼshanda 220 ming ga maydonda ignabargli daraxtlar ommaviy qurib qolgandi. Аmmo, hududlarda keyinroq yosh nihollar ekish orqali bu tiklangan. Hozir esa hududlarda yosh ignabargli daraxtlar ekish naf bermasligi oydinlashgan. Chunki, prognozlarga koʼra, iqlim oʼzgarishi kelgusida АQSh shimoli gʼarbida qurgʼoqchilik va isish chastotasini keskin oshiradi.
Oʼzbekiston ham yaqin kelajakda qurgʼoqchilik bilan duch kelish kutilmalaridan kelib chiqib, "yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida archa daraxtlarni ekishni kamaytirish yoki ekilayotgan maydonlarda ignabargli daraxtlarni 5-8 % ulushgacha ekish tavsiya etiladi. Аrcha shahar va togʼlarda estetik zavq hamda oʼzidan kamroq allergik moddalar chiqargani uchun hududlarda kam miqdorda boʼlsa ham saqlanib qolinishi lozim.