Oʻrganishga Ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat markazining mobil laboratoriyasi jalb qilinib, hududdagi atmosfera havosidan namunalar olinib, tahlil ishlari amalga oshirildi. Unga koʻra, ammiak moddasi 4 ta nuqtada – 1,5 dan 23,6-martagacha hamda vodorod sulfidi moddasi 2 ta nuqtada - 3,2 dan 4,6-martagacha belgilangan meʼyorlardan ortiqligi aniqlandi, deya xabar beradi qoʻmita axborot xizmati.

Hozirda meʼyordan ortiq chiqqan moddalarni ajratib chiqaruvchi korxonalarni aniqlash, ularda ushbu moddalarni kamaytirish choralarini koʻrish ishlari olib borilmoqda.

Oʻrganish yakunida sement ishlab chiqaruvchi “Moderna sement indasturiyes” MCHJ QK hamda gips ishlab chiqaruvchi “Sement xom ashyo savdo” MCHJlarida mavjud chang-gaz tozalash uskunalari nosozligi tufayli ish faoliyati vaqtincha toʻxtatildi.