Tadbirkorlar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer va dehqon xoʻjaliklarining takliflarini inobatga olgan holda:
1. Asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari narxlarini kuzatib borish metodologiyasi ishlab chiqilib, bozorlarga keltirilayotgan mahsulotlar narxlarini onlayn rejimda kunlik monitoring va eʼlon qilib borish amaliyoti yoʻlga qoʻyilmoqda.
Qoʻyliq ulgurji bozorida – 24 turdagi meva, sabzavot va poliz mahsulotlari narxlari boʻyicha maʼlumotlar ertalab soat 5:00 dan 7:00 ga qadar; Chorsu bozorida – mol va qoʻy goʻshti narxlari boʻyicha maʼlumotlar ertalab soat 5:00 va 8:00 oraligʻida yigʻiladi.



Izoh: Maʼlumotlar soat 05:00 dan - 07:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻidagi kuzatuvlar natijasida shakllantirilgan. 2. Ushbu tizimning amaliyotga joriy qilinishi dastlabki bosqichda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer va dehqonlar hamda ulgurji va chakana savdodagi tadbirkorlar uchun zaruriy maʼlumotlar bazasi vazifasini bajaradi hamda:
a) dehqon va fermerlar uchun mahsulotlarni sotish boʻyicha shartnomalar tuzishda dalaning oʻzida joriy narxlar toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlish imkonini beradi;
b) ushbu tizimdagi narxlar Respublikaning boshqa hududlaridagi ulgurji va chakana narxlarning shakllanishiga moʻljal boʻlib xizmat qiladi hamda kelgusida tahlil va qaror qabul qilishda maʼlumotlar bazasini shakllantiradi.
Narxlar kuzatuvi amalga oshirilayotgan vaqtda qayd etiladi. Maʼlumotlarni toʻplash vaqti, sanasi hamda joyi oʻzgarishiga qarab ham, narxlarning tebranish holatini koʻrish mumkin.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati