Tatariston Respublikasining Qozon shahridagi “Do‘stlik uyi”da shu munosabat bilan madaniy dastur tashkil etildi, tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari - Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Tatariston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Marat Zyabbarov, Tatariston Respublikasi Davlat Kengashi raisi Farid Muxametshin ishtirok etdi. 

Shundan so‘ng Aziz Abduhakimov Tatariston Respublikasidagi yurtdoshlarimizni Istiqlol bayrami bilan tabriklab, faol hamyurtlarimizga “MustaqilliKning 30 yilligi” ko‘krak nishonini topshirdi.

Eng avvalo, ko‘krak nishoni O‘zbekistonning Tatariston Respublikasidagi bosh konsuli Farid Nasriyevga topshirildi.

Shuningdek, “Suyumbike” nashri bosh muharrir o‘rinbosari Ramziya Kashapova, Qozon shahridagi o‘zbek diasporasi rahbari Abdumannob Abdusattorov va Chuvashidagi o‘zbek madaniyat markazi rahbari Abduvali Ergashev ham “O‘zbekistonning 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi.

So‘ngra O‘zbekiston madaniyat sohasi vakillari ishtirokida qiziqarli  bayram konsert dasturi namoyish etildi.