Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi, 1999-y.t. M.A., ariza bilan murojaat qilib, uning bank kartasidan nomaʼlum shaxs onlayn kredit rasmiylashtirganligini va ushbu kredit bilan jami 4.900.000 soʻm pullarni yechib olganligini bildirib, nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, pullarni oʻzlashtirgan shaxs, Jizzax viloyatida Jizzax shahrida yashovchi, 1992-y.t., A.F. ekanligi aniqlangan.
A.F. jabrlanuvchini tanishi boʻlib, uning mobil qurilmasidan sezdirmasdan sms-xabarnoma orqali bank karta boshqaruvini qoʻlga kiritib onlayn kredit rasmiylashtirganligi va mazkur pullarni oʻz plastik raqamiga oʻtkazib olib shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini maʼlum qilgan.
A.F.ga nisbatan OʻzR. JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.