Har yili sement zavodlarida 1,1 mln. tonna koʻmir ishlatiladi. Agar, barcha sement ishlab chiqaruvchilar muqobil energiya, yaʼni koʻmirga oʻtkazilsa 3 mln. tonna koʻmir talab qilinadi (bir tonna klinker ishlab chiqarish uchun 140-180 kg koʻmir sarfi hisobga olinganda).
Eʼtiborlisi, korxonalarning ishlab chiqarish quvvatidan kelib chiqib yiliga 1,6 mlrd. metr kub gaz iqtisod qilinadi. Vagonlarda yetkazib berilgan koʻmirni tushirish, saqlash, maydalash, saralash va yondirgich uskunalariga yetkazish uchun ketadigan qushimcha elektr energiyasi sarfi taxminan 10-12 foizni tashkil etishi mumkin.